Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OTINOYILAR HASHARDA
2021-09-09 23:12:50 105
Erta bahorda yerga umid bilan urug’ qadagan dehqonlarimiz bugun yig’im terim pallasidalar. Oq oltin xirmoniga o’z xissalarini qo’shish maqsadida tumanimizdagi 14 nafar ko’ngilli otinoyilarimiz “Fayzli Odil Maxmud” fermer xo’jaligiga hasharga chiqib, paxta-yig’im terimida faol qatnashdilar. O’rtacha hisobda 80-90 kilogrammdan paxta tergan otinoyilar yurtimiz oq oltin xirmoniga o’z xissalarini qo’shib, bugungi kunlarini yaxshi kayfiyatda o’tkazdilar.
Aslini olganda, ko’rimsizgina ko’ringan paxta chigiti - urug’idan dehqon mehnati, hunarmand zakovati bilan shunday ko’rimsiz holatdan turli xil rangdagi, ko’rinishdagi matolarga aylanishi bu bir mo’jizadek gap. Paxta yetishtirishdagi mashaqqat qanchalar savobli bo’lsa, uni yig’ib-terishdagi mashaqqat ham shunchalar savobli, negaki, paxta tolasidan sifatli matolar ishlab chiqariladi va xalqimizga yetkazib beriladi. Libos nafaqat issiq - sovuq havodan himoyalanish uchun, balki bekitilishi lozim bo’lgan joylarni bekitish uchun ham insonlarga manfaat yetkazadi. Biz otinoyilarimiz bilan shunday savobli, mas'uliyatli ishda o’z hissamizni qo’shganimizdan juda ham mamnun bo’ldik.
M.O’rmonova,
Qo’shtepa tumani bosh otinoyisi