Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSOBAQA “KURASH KUNI”GA BAG’ISHLAB O’TKAZILDI

×

 2021-09-09 22:12:58    84

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani Turizm va sport bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi hamda 6-centyabr “Kurash kuni” munosabati bilan Turizm va sport bo’limi, Kurash bo’limi, Bolalar-o’smirlar sport maktabi hamkorligida sportning kurash turi bo’yicha BO’SM birinchiligi musobaqasi o’tkazildi. Mazkur musobaqalarda jami 100 nafarga yaqin sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqaning ochilish qismida Yoshlar masalalari bo’yicha tuman hokimining o’rinbosari A.Yusupov so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli Farmoni bo’yicha tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi. 


Shuningdek, tadbirda so’z olgan Turizm va sport bo’limi boshlig’i G’.Yuldashev, tuman kurash bo’limi ijrochi direktori R.Saidovlar tumanimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarga to’xtalib, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligini takidladilar.

Musobaqa boshlanishidan avval bosh xakam sport maktabi treneri X.Masaidov sportchilarga musobaqa qoidalarini yana bir bor tushuntirib o’tdi. Shundan so’ng musobaqa boshlandi va 7 ta vazn toifalari bo’yicha bo’lib o’tdi. Musobaqa olimpiya usulida o’tkazilib, har bir sportchi bir vazn toifasida qatnashdilar. Musobaqa xakamlar tomonidan odilona boshqarib borildi.


Musobaqa g’oliblari Turizm va sport bo’limi, Kurash bo’limi, Bolalar-o’smirlar sport maktabi hamda xomiylar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram