Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDAGI TA'LIM MUASSASALARIDA YANGI O’QUV YILI BOSHLANDI

×

 2021-09-06 12:26:15    110

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo’shtepa tumanidagi 50 ta davlat umumta'lim muassasalarida “Bilimlar kuni”ga bag’ishlangan tantanali tadbirlar bo’lib o’tdi.


Mazkur tadbirlarda Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, mutasaddi idora rahbarlari, shuningdek, Xalq ta'limi bo’limi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.


Tadbirda so’z olgan tuman rahbari maktab xodimlarini, ota-onalar va o’quvchilarni yangi o’quv yili boshlanishi bilan qutlab, o’quvchilarni yaratilayotgan barcha sharoitlardan unumli foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi.


Shu bilan birga, tuman hokimi 7-maktabning 1-sinf o’quvchilariga “Prezident sovg’asi”ni, qolaversa, yurtimizdagi turli sport musoboqalarida g’oliblikni qo’lga kiritib kelayotgan o’quvchilarga sport anjomlarini topshirdi.


Ushbu maktabning o’quvchisi M.Vaxobjonova sportning kikboksing turi bo’yicha turli musobaqalarda qatnashib g’oliblikni qo’lga kiritib kelmoqda. Xabaringiz bor yaqinda bir guruh yurtdoshlarimiz “Mustaqillikning 30 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida M.Vaxobjonova ham bor edi. U musobaqalarda bo’lgani uchun tuman hokimligida o’tkazilgan taqdirlash marosimida qatnasha olmagan edi. Bugun ushbu ko’krak nishonini M.Vaxobjonovaga tuman hokimi I.Novikov tantanali ravishda topshirdi. 


Tadbir davomida o’quvchi-yoshlar o’zlari tayyorlagan badiiy dasturlarini namoyish etishdi.


Bu yil 7-umumta'lim maktabi ta'mirlandi. Investitsiya davlat dasturi asosida 330 o’rinli bino qurib bitkazildi. “Bilimlar kuni”ga bag’ishlangan tantanali tadbirdan so’ng tuman hokimi va tadbir ishtirokchilari maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Yangi o’quv yili boshlanishiga bag’ishlangan tantanali tadbirlar barcha umumta'lim maktablarida ham bo’lib o’tdi. Tadbirlarda korxona, tashkilot, muassasalar vakillari, targ’ibotchilar, keng jamoatchilik, deputatlar ishtirok etdilar.                                                

Qo’shtepa tumani hokimligi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram