Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANA BIR 50 O’RINLI NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI

×

 2021-04-09 21:56:53    150

PDF yuklash
Chop etish



Oqtepa mahallasidagi tadbirkor N.Tursunova tomonidan “Muhlisaxon nurafshon yoshligim” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti karantin qoidalariga amal qilgan xolda ish faoliyatini boshladi. Zamonaviy sharoitlar va barcha qulayliklarga ega bo’lgan maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi bolajonlarimiz hamda hudud aholisining quvonchiga sabab bo’ldi.


Maktabgacha ta'lim tashkiloti 50 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hududdagi 3-7 yoshli bolalarni sifatli ta'lim-tarbiya berish uchun o’z bag’riga qamrab oladi.


Bugun bolalar bog’chasining ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov, mahalla faollari hamda nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi.


Tadbir davomida bolajonlar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi. Bugun bog’chaga ilk bora qadam qo’ygan bolakaylar tarbiyachilari tomonidan olib borilgan mashg’ulotlarda qatnashib, o’yin maydonchasida miriqib o’ynadilar.

 Ushbu nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti kelajagimiz davomchilari bo’lmish yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Eng ahamiyatli jihati shundaki, ushbu bog’chaning ochilishi munosabati bilan mahalladagi 6 nafar pedagog xodimlar ham ish bilan ta'milandilar.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram