Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TAYINLOV

×

 2021-01-18 12:03:57    104

PDF yuklash
Chop etish


QO’SHTEPA TUMANI HOKIMIGA BIRINCHI O’RINBOSAR TAYINLANDI

Yunusov Axrorjon Abdinabiyevich 2021 yil 16 yanvar kunidan Qo’shtepa tumani hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Axrorjon Yunusov 1985 yili Farg’ona viloyati Quva tumanida tug’ilgan. 2007 yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2008 yilda O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chilik ilmiy tadqiqotlar instituti iqtisodchisi lavozimida boshlagan. Mehnat faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi  Davlat statistika qo’mitasining qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi axborotlarini tayyorlash bo’limi yetakchi iqtisodchisi, Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma-axborot ishlari bo’limi boshlig’i, “O’zbekinvest” Farg’ona viloyat filiali umumiy qaltisliklarni sug’urtalash departamenti menejeri, Farg’ona viloyati hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi yig’ma bo’limi bosh mutaxassisi, Farg’ona viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari yig’ma bo’limi bosh mutaxassisi, Farg’ona viloyati Investitsiyalar bo’yicha bosh boshqarmasi Sanoatni rivojlantirish bo’yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringi bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.

U tayinlovga qadar Farg’ona viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining Hududlarni rivojlantirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringi yig’ma bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Oilali, turmush  o’rtog’i - Farg’ona shahar 4-umumta'lim maktabi o’qituvchisi, ikki nafar farzandi bor.