Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’ALABA MUBORAK OYJAHON!

×

 2020-05-08 13:47:19    164

PDF yuklash
Chop etish


«Ona tili - millat g’ururi» shiori ostida o’tkazilayotgan insholar tanlovining navbatdagi g’oliblari aniqlandi.

Joriy yilning 5 may kuni viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablari o’quvchilari o’rtasida navbatdagi insholar tanlovi o’tkazildi. Jumladan mazkur insholar tanloviga, tumanimizdagi maktablarning o’quvchilari ham jalb qilindi. Tanlovda, ta'lim o’zbek tilida o’qitiladigan sinflarda ona tilidan, 9-sinflar uchun «Turkiy tillar oilasi va o’zbek tili» mavzusida, 10-sinflar uchun  «O’zbek tilining boyish manbalari» mavzusida, 11-sinflar uchun  «Mahmud Qoshg’ariy - ilk tilshunos olim» mavzulari tanlab olindi.

O’tkazilgan insholar tanlovida, hakamlar hay'ati qarori bilan 10-sinflar o’rtasida, Qo’shtepa tumanidagi 2-IDUMning 10-sinf o’quvchisi Oyjahon Mo’sinjonova Farg’ona viloyati umumta'lim maktablari o’rtasida faxrli 2-o’rinni  egalladi.

Tuman hokimligi va tuman Xalq ta'limi bo’limi tomonidan, Oyjahon Mo’sinjonovaga hamda 2-IDUM jamoasiga, tumanimizga  taqdim etgan  g’alabasi uchun minnatdorchilik bildiriladi. 

U. Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.