Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepalik yoshlardan tashabbus

×

 2019-10-05 14:34:48    197

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Qo'shtepa tuman Kengashi tashabbusi asosida, tumandagi 50 ta maktabning bosh sardorlari uchun seminar trening tashkil qilindi. Seminar treningni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qo‘shtepa tumani Kengashi raisi A.Abdumalikov hamda birinchi o'rinbosari "Kamalak"bolalar tashkiloti raisi D. Xoliqov ochib bergan bo‘lsa, trenir "Etirof-2019" Farg'ona viloyati sovrindori S.Orifov qizg'in baxslarga boy tarzda sardorlik mahorati, sardorlar Kengashi a'zolarida uchrab turgan muammolar, ulardan tushayotgan takliflar hususida davra suhbatini olib bordilar.


Seminarda tuman Sardorlari Kengashi va maktablardan tashrif buyurgan bosh sardorlar o'zaro fikr almashdilar.

Maktab sardorlari a‘zolari tuman Kengashi a‘zolari bilan hamkorlikda turli loyihalar va tashabbuslar hususida davra suhbati tashkil etdilar. Trening davomida yo'nalishlar doir turli takliflar ham yetib keldi.

Jumladan: 

1.Quvnoqlar va zukkolar jamoasini shakllantirib maktablar o'rtasida bellashuvlar tashkil etish

 2. Tashabbuskor yoshlar takliflariga asosan yangi loyiha "Kitob loto" tanlovini tuman miqyosida tashkil etish

 3. Rasmlar tanlovi hamda dizaynerlar klubi tashkil etish

4. Sardorlar uchun psixologik trening tashkil etish

5. Hududlar kesimida sardrorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l xaritasi joriy etish hamda qator loyihalar, takliflar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

Sardorlar uchun bunday uchrashuvlar, treninglar tashkilash rejalashtirilib belgilangan loyihalar bilan ishlash maqsadida barchaga trening yakunlandi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Farg'ona viloyati Qo'shtepa

tuman Kengashi matbuot xizmati хodimi Sardorbek Orifov