Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI QO‘SHTEPA TUMANIDA CHIGIT EKISH JARAYONI BILAN TANISHDI

×

 2024-03-28 16:16:31    85

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil hosili uchun chigit ekish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Qo‘shtepa tumanida ham alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Tumanda bu yil paxta hosili uchun 6 ming 890 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda qo‘shtepalik fermerlar yuqori kayfiyatda ish olib borishmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat sektor rahbarlari Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, chigit ekish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar.

Xususan, viloyat sektor rahbarlari “Qumtepa Qamishtepa” MTPP hududidagi “Soyibjon Abdujabbor” hamda “Alijon Bobomurod” fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, joriy yil hosili uchun chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Viloyat rahbari tomonidan mas’ullarga chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.




 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram