Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

18 NOYABR - O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

×

 2022-11-18 08:15:43    102

PDF yuklash
Chop etish



Yurtim bayrog‘i

Hayotda har narsaning

Oddiysi bor, ulug‘i.

Lekin bayroqlar ichra

Qadrli yurtim tug‘i.

Qiyosdan qalbim chulg‘ar

Faxr degan hissiyot,

Manba guvoh, tug‘imiz

Yoshi ming yildan ziyod.

Garchi, osiy emasmiz,

Tug‘ga qo‘yganmiz ixlos.

Muqaddas mato Shiroq,

Muqannalardan meros.

Har tug‘da turli chizma,

Kenguru, sher, burgut, sor,

Bizning bayroqda hayot,

Mangu osmon aksi bor.

Tiriklikning ramzidir

Bayroqdagi moviy rang.

Temur tug‘i hilpirab

Taratar go‘yo jarang.

Bayroqdagi oq tasvir

Charag‘onlik timsoli.

Umr – o‘n ikki yulduz,

E’tiqoddir hiloli.

Qizil chiziq – jo‘shqin qon,

O’ziga bek – asllik.

Shodumonlik belgisi

Bayroqdagi yashillik.

Har bir rangda ming ma’no,

Ezgu maqsad mujassam.

Tug‘ tutganga tasanno,

Bayroqni asrash – qasam.

Anglagaydir dunyoning

Xaritasiga boqqan,

YEr uzra O’zbekiston

O’xshab ketar bayroqqa.

Zamonaning da’vati -

Zabt etmoq ilm tog‘in.

Madhiyamiz yangratib,

Ko‘tarmoq yurt bayrog‘in.

Xurshid NURULLAYEV.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram