Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ROKIYAXON MUSINOVA PARA YENGIL ATLETIKA BO‘YICHA O’ZBEKISTON OCHIQ CHEMPIONATI G‘OLIBI BO‘LDI

×

 2022-10-24 19:41:14    120

PDF yuklash
Chop etish



Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bu yilgi para yengil atletika bo‘yicha O’zbekiston ochiq chempionatida yangi marralar zabt etildi, yangi nomlar kashf qilindi. Eng quvonarlisi ushbu musobaqalarda Qo‘shtepa tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rokiyaxon Musinova ham ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi.

Rokiyaxon Musinova O’zbekiston ochiq chempionatida sportning para yengil atletika turi bo‘yicha ishtirok etib, yadro uloqtirish, disk uloqtirish hamda nayza uloqtirish bo‘yicha g‘olib bo‘lib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.



Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupov bugun 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, chempion Rokiyaxon Musinovani qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabriklab, unga tuman hokimligining esdalik sovg‘asini topshirdi.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram