Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2019 YILI YAPONIYA XUKUMATINING “KICHIK MIQYOSLI IJTIMOIY LOYIHALARGA BEG‘ARAZ YORDAM” DASTURI DOIRASIDA QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 13-SONLI DMTTGA JAMI 49 664 AQSH DOLLARI AJRATILDI

×

 2022-10-07 19:44:52    115

PDF yuklash
Chop etish



Rivojlanish uchun rasmiy yordam doirasida Yaponiya hukumati rivojlanayotgan mamlakatlarning turli ehtiyojlariga javob beradigan ko‘plab dasturlarni amalga oshirmoqda. “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi 1995 yilda O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1995 yildan boshlab ushbu Dastur doirasida O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT), tibbiyot va ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa notijorat tashkilotlar tomonidan umumiy miqdori 28 547 151 AQSh dollarlik 399 loyiha amalga oshirildi. Dasturning maqsadi aholining oddiy qatlamlarini birlamchi ehtiyojlarini (basic human needs) va inson xavfsizligini (human security) ta’minlash orqali ularga bevosita yordam ko‘rsatishdir.

2019 yili Yaponiya xukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida Qo‘shtepa tumanidagi 13-sonli DMTTga jami 49 664 AQSh dollari ajratilib muassasa to‘liq o‘quv uskunalari bilan ta’minlagan.

Dastur doirasida olingan o‘quv uskunalaridan bugungi kunda qay darajada foydalanilayotganligini o‘rganish maqsadida O’zbekistondagi Yaponiya elchixonasining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi koordinatori Nana Maruyama 13-sonli DMTTga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonga muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan kichik musiqiy dastur namoyish etildi. Tadbirda bolajonlar yaponcha raqs ham ijro etishdi.

O’zbekistondagi Yaponiya elchixonasining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi koordinatori Nana Maruyama kunning ikkinchi yarmida tumandagi 35 DMTTda bo‘lib, muassasadagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu muassasaning ham 41 500 AQSh dollar qiymatidagi jixozlash loyihasi Yaponiya elchixonasining Iqtisodiy bo‘limiga taqdim etilgan.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram