Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI TOMONIDAN “SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2022-09-12 08:23:43    108

PDF yuklash
Chop etish



 

Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq ma’muriyatchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 2022 yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilindi. Shuningdek, QQS ma’muriyatchiligi soddalashtirilib, majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisob varaq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya qodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yildi.

Albatta, bu kabi o‘zgarishlar tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Qo‘shtepa tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil yanvar-avgust oylarida Qo‘shtepa tuman DSI tomonidan 920 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘ligan 580 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Soliq idoralari xodimlari tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan 97-271-11-89 (Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘’basi) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram