Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ

×

 2022-08-22 17:54:42    102

PDF yuklash
Chop etish



#Inson_ qadri_ uchun

Jarayon

Ayni kunlarda eng ulug‘ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 31 yilgini kutib olish arafasida turibmiz. Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan mustaqillik bayramini kutib olish, qalblarimizga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. 

Chunki, ozod va obod yurtimiz qiyofasidagi go‘zallikning tobora chiroy ochayotganligi, mahallalarimizdagi ko‘rkamlik, yildan – yilga jadallik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan ko‘zimiz quvnaydi, insonlardagi xushkayfiyat esa barchamizda Istiqlol bergan ne’matlarga shukronalik tuyg‘usini uyg‘otadi. 



Yurtimizda bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘inida ham obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Hokim yordamchi M.Xakimovning harakati bilan mahallaga toza ichimlik suv tarmog‘i tortilmoqda. Bayram arafasidagi bunday o‘zgarishlar Shahartepa ahli uchun istiqlol bergan ne’matlarga shukronalik tuyg‘usini uyg‘otmoqda. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram