Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#INSON_QADRI_UCHUN

×

 2022-06-02 02:46:18    102

PDF yuklash
Chop etish



“Boringizga shukur, aziz san’atkorlar”

“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ijodiy uchrashuvlar davomida elimiz ardog‘idagi san’atkorlarimiz mahallalardagi bemorlar, mehnat faxriylari va yoshi ulug‘larimizning xolidan xabar olishmoqda. San’atkorlarimizning kutilmagan tashrifidan ular bag‘oyat mamnun bo‘lmoqdalar.



O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, badiiy so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov hamda “Komediya shou” jamoasi a’zolari Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Adhamjon Mirzayev va mahallaning “Temir daftari”da turuvchi, nogiron Zokirjon Axmadaliyevlarning, shuningdek, Kattaboltako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi mehnat faxriysi 87 yoshli Maloxatxon aya Umurzoqovalarning xonadonida bo‘ldilar. 



Ushbu xonadonlarga O’zbekiston Respublikasi prezident maslahatchisi o‘rinbosari shoir Nodir Jonuzoq  ham tashrif buyurdi. U xonadon sohiblari bilan yaqindan suhbatlashib, yashash sharoitlari bilan tanishdi. Tashrif davomida ularning har biriga esdalik sovg‘alari ulashildi.




Shuningdek, “Onalarga ehtirom” tadbirlari ham davom ettirilib, Qorajiyda mahallasidagi 91 yoshli Maxsudaxon Umarqulova, Xalqobod mahallasidagi Meliniso Shoqosimova, Xo‘jaqishloq mahallasidagi Xolisxon Hakimovalar yo‘qlandi. Sana’tkorlarimiz guldastalar, sovg‘a-salomlar bilan kirib bordilar. Mehmonlarimiz o‘zlarining ona haqidagi she’r va qo‘shiqlari bilan ularning ko‘nglida taxt qurishdi. Onalar uchun jonli ijroda qo‘shiqlar kuylandi. Bugungi dorilomon kunimizga shukrona keltirib, yurtimizga tinchlik so‘rab duoga qo‘l ochgan onalarimiz uchun bundan ortiq baxt bormikin yana?





- Boringizga shukur, aziz san’atkorlarimiz. Xalqni xizmatidan hech qachon charchamanglar, - deyishmoqda duoga qo‘l ochgan tanti Qo‘shtepaliklarning barchasi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram