Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EZGULIK VA XAYRU SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-05-01 14:00:12    142

PDF yuklash
Chop etish



Muqaddas Ramazon oyi davomida yurtimizda xayru saxovat tadbirlarini o‘tkazish, muhtoj oilalar holidan xabar olish kabi ezgu fazilatlar urfga aylangan.

Darhaqiqat, Qo‘shtepa tumanida ham ramazon oyi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, yakka yolg‘iz yashovchilar, keksalar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xonadonlarga tashrif buyurilib, xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, mas’ul idoralarning rahbarlari tumanimizda istiqomat qiluvchi, o‘z xonadonlarida oilaviy bolalar uylari tashkil etgan Sanobarxon Zokirova hamda Sohiba Aminovalarning xonadonida bo‘lishib, ularning xolidan xabar olishdi. Ushbu oilalarga xomiylik yordamlari ko‘rsatildi.




Shuningdek, “Mehr 2” operatsiyasida Iroqdagi urush nuqtalaridan Qo‘shtepa tumaniga olib kelingan Azimov Muhammad Ismoiljon o‘g‘li va Azimov Saidbek Ismoiljon o‘g‘lilari holidan ham xabar olindi.

Tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, mas’ul idoralarning rahbarlari ushbu xonadonda bo‘lishib, bolajonlarning bobosi Asadullo Azizov bilan suhbat o‘tkazdilar. Tashrif chog‘ida ularga ham xomiylik yordamlari ko‘rsatildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram