Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#SEMINAR
2022-01-06 08:34:38 80
Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda xal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bayoni topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda “Ayollar daftari” tizimining 3-bosqichini shakillantirish va uni yuritish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining mas’ul xodimlari qatnashdilar.
Soha mutaxassislariga “Ayollar daftari” tizimining 3-bosqichini shakillantirish mexanizmlari, tartiblari va yo‘nalishlari batafsil tushuntirildi.
Seminarda tuman hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining boshlig‘i Z.Komilov hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinovalar ishtirok etishdi.