Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MEHRJON BAYRAMI”
2021-11-15 20:00:39 184
Qo‘shtepa tumani MTBga qarashli MTTlarida “Mehrjon bayrami” bo‘lib o‘tmoqda. 2-sonli DMTTda bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida bolajonlar tomonidan oltin kuz faslining saxovati, kuzda pishib yetiladigan mevalar va sabzavotlarning foydali xususiyatlari, mirishkor dehqonbobolarimizning qilgan mehnatlari va mo‘l ko‘l hosillari ayni kuz faslida terib olinishi to‘g‘risida sherlar, qo‘shiqlar aytdilar va raqsga tushdilar. Tadbirda turli sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.
Tadbir davomida bolajonlar bilan qiziqarli turli o‘yinlar “Mevalar va sabzavotlarni alohida savatga yig‘amiz”, “Kim ta’mlarni yaxshi ajrata oladi” va “Kim chaqqon” kabi musobaqalari tashkillashtirildi hamda bolajonlarga oloa-olam quvonch baxsh etildi.