Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-20 20:06:24    84

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan mas'ul rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

13-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman rahbari saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Oqtepa” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari Oqtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida Z.Mamtqulova tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik tsexi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining tegishli takliflarini berdi.


Oqtepa mahalla fuqarolar yig’ini Istiqlol ko’chasida olib borilayotgan shag’allashtirish ishlari bilan tanishgan tuman hokimi ushbu ko’chada istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan sektorlar faoliyatini tashkil etilishi natijasida joylarda uzoq yillar davomida yig’ilib qolgan ko’plab muammolarni aniqlash hamda ularni ijobiy hal etilishida amaliy samaraga erishilayotganligini takidladi. Kelgusida bunday obodonlashtirish ishlari ko’lamini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rilayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Shuningdek, paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram