Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

# JARAYON

×

 2021-09-11 18:23:24    99

PDF yuklash
Chop etish



Tuman geografik ob'ektlarni nomlash va qayta nomlash komissiyasi a'zolari tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov hamda din ishlari qo’mitasi Qo’shtepa tuman vakili S.Nuriddinovlar tomonidan, viloyat hokimligining 2021 yil 17 avgustdagi 197/01-49-sonli yig’ilish bayonida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda geografik ob'ektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi natijadorligini o’rganish bo’yicha “Sohibkor” mahallasida, mahalla raisi va o’rinbosari ishtirokida nazorat o’rganish ishlari amalga oshirildi.

O’rganish ishlari davomida mahalla fuqarolar yig’inidagi ko’chalarning joylashuvi, ko’cha nomlarini davlat reestrida mavjudligi, ko’chalarga nomlari yozilgan peshlavhalarning o’rnatilganligi o’rganildi.


Mahalla fuqarolar yig’inlarida nomlari o’zgartirilgan ko’cha nomlarini lotin yozuvida, tartib raqami bilan birga o’rnatilganligiga e'tibor berildi. Jumladan, mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Yuqori O’qchi mahallasida aholini zichligi, mahallada bir nechta ko’chalarga bir xil ko’cha nomi berilganligi aholini e'tiroziga sabab bo’lgan. Shu maqsadda, yangi tashkil etilgan 3 ta ko’chalarga yangi nomlar berish taqozo etdi va mahalla faollari bilan kelishilgan holda tuman hokimligiga iltimosnoma taqdim etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram