Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“XAYR BOG’CHAM, SALOM MAKTAB!”

×

 2021-06-04 21:02:00    261

PDF yuklash
Chop etish



Ayni paytda tumanimizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida “Xayr bog’cham, salom maktab!” tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

20 yildan buyon qarovsiz ahvolda, foydalanilmay turgan ushbu muassasa investitsiya dasturi asosida qayta ta'mirlanib, qo’shimcha bino qurildi. Zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan muassasa o’tgan yili foydalanishga topshirildi. 


Bugungi tadbir muassasaning ilk qaldirg’ochlari, ya'ni 7 yoshga to’lib, joriy yilda maktab ta'limiga chiqadigan bolajonlar ishtirokida bo’lib o’tdi.


Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirok etdilar. 


Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. 


Ushbu muassasada ishlab, hozirgi kunda qarilik gashtini surayotgan bir guruh faxriylarga va tadbirda faol ishtirok etgan bolajonlarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram