Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TANLOV G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2021-05-04 23:16:17    118

PDF yuklash
Chop etish



Bugun 15-sonli musiqa va san'at maktabida «Kamalak» yulduzlari bolalar ijodiyoti festivalining Qo’shtepa tuman bosqichi bo’lib o’tdi. O’tkazilgan tanlovda 50 ta umumiy o’rta ta'lim maktabidan jami 500 nafar, 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan yoshlar qatnashib o’z iqtidorlarini namoyon qildilar.


Tanlov yakuniga ko’ra, «A» yo’nalishida 11-14 yosh toifasida 2-IDUM o’quvchisi M.Akramjonova, «B» yo’nalishida 11-14 yosh toifasida 46-maktab o’quvchisi G.Mo’sajonova, «C» yo’nalishida 7-10 yosh toifasida 6-maktab o’quvchisi M.Po’latova hamda 11-14 yosh toifasida 5-maktab o’quvchisi X.Nabiyev, «D» yo’nalishida 7-10 yosh toifasida 20-maktab o’quvchisi P.Najmiddinova hamda 11-14 yosh toifasida 33-maktab o’quvchisi Sh.To’lqinova, «E» yo’nalishida 7-10 yosh toifasida 38-maktab o’quvchisi O.Ergasheva hamda 11-14 yosh toifasida 48-maktab o’quvchisi M.Rustamov, «F» yo’nalishida 11-14 yosh toifasida 24-maktab o’quvchisi J.Solijonovlar g’oliblikni qo’lga kiritdilar. 


G’oliblar O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida Qo’shtepa tuman Xalq ta'limi bo’limi mudiri Z.Tojiboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig’i A.Abdumalikovlar ishtirok etdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram