Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI SONI YANA 2 TAGA KO’PAYDI

×

 2021-04-01 16:18:38    120

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlar Guljaxon O’rinboyeva va Nodiraxon Holmatovalar tomonidan tashkil etilgan “Sirli olam”, “Qumtepa vorislari” deb nomlangan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu muassasalarning ochilish marosimida tuman hokimi Ilyosbek Novikov ham ishtirok etdi. 


Yig’ilganlarga muassasalarda yaratilgan sharoitlar tanishtirildi. Shuningdek, muassasa ochilishida jam bo’lganlarga tuman maktabgacha ta'lim bo’limi tomonidan oilaviy hamda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etishning afzalliklari, bu borada davlat tomonidan ko’rsatiladigan yordam hamda beriladigan imtiyozlar xususida ma'lumot berildi. 


Mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilishi munosabati bilan 8 nafar xotin-qizlar bandligi ta'minlanib, 100 nafar bolajonlar sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun imkoniyat yaratildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram