Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATIDAN

×

 2021-03-03 14:16:35    98

PDF yuklash
Chop etish



❇️ Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan 1-sektorda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–3182-sonli va 2019 yil 8    yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–4102-sonli Qarorlari ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o’rganish olib borildi.

❇️ Eng avvalo tuman hokimi sektorida aholi muammolari bilan ishlash tizimi yaratilganligi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo’yicha 2021 yil uchun ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” va uning ijrosi bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’rganildi.

❇️ Shuningdek, sektor hududida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan mablag’larni o’z vaqtida, adolatli va shaffof tarzda yetkazilganligi, “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qolaversa yoshlar tomonidan ko’tarilgan masalalarning joylardagi ijrosi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko’rib chiqildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram