Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATLAR YECHIMIGA E'TIBOR QARATILDI

×

 2021-02-09 15:27:56    127

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi. 



Unda hokim o’rinbosarlari hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabulda jami 70 nafardan ziyod fuqarolar o’z muammolari bilan qatnashdi. Fuqarolar tomonidan bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalar bo’yicha muammolar aytildi. 



Fuqarolarning murojaati asosan elektr va suv ta'minoti, uy-joy bilan ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit olishda ko’maklashish, ishga joylashish kabi muammolar haqida bo’ldi.



Tuman hokimi tomonidan muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram