Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EZGU ISHLAR HASHAR YO’LI BILAN OLIB BORILMOQDA

×

 2021-02-04 11:40:16    155

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizning barcha shahar va tumanlari qatori Qo’shtepa tumanida ham obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligi bo’lib o’tmoqda. Oylik doirasida tumanimiz markazidan tortib qishloqlargacha, ishlab chiqarish korxonalaridan tortib dalalargacha, mahallalarda, ijtimoiy soha ob'ektlarida, korxona-tashkilotlar va muassasalarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda o’tkazilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligida mahallalarni obodonlashtirish, ko’chalarni, ariq va zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va butash, xonadonlar oldiga manzarali va mevali ko’chatlar hamda mavsumiy gullarni ekish, shuningdek har bir hududda qabristonlarni obod qilishdek ezgu ishlar hashar yo’li bilan olib borilmoqda.

Hasharda ishtirok etayotgan Qo’shtepa tumani obodonlashtirish boshqarmasining 100 nafardan ziyod ishchi xodimlari ayni damlarda Qo’shtepa-Yozyovon-Marg’ilon katta yo’lining ikki chetidagi ariq va zovurlarni tozalab, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish, oqlash ishlarini olib bormoqdalar.

Obodonlashtirish ishlarida “Dehqon bozori” MChJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram