Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZAMONAVIY SUG’ORISH TEXNOLOGIYASI

×

 2021-02-03 10:57:32    284

PDF yuklash
Chop etish


 Butun dunyoda bo’lgani singari serquyosh diyorimizda ham suv muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi e'tiborga olinsa, bu beminnat ne'matdan tejab-tergab foydalanish dolzarb masala sanaladi. Shu maqsadda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik ko’tarilishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.

Qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish, suvni tejash maqsadida Qo’shtepa tumanidagi "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MChJ tomonidan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri “Netafim” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomatik tarzda tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy qilinmoqda.

Loyihadagi suv hovuzi 162x42 metr uzunlikda bo’lib, 17000 m³ suv sig’imini o’z ichiga oladi. Hovuzni suv bilan ta'minlash maqsadida 2 ta tik quduq (skvajina) qurib bitkazilgan. Tejamkor usuldagi bu texnologiya bilan 200 gektar ekin maydoni tomchilatib sug’oriladi.

Tejamkor usuldagi bu texnologiyaning afzalliklari juda ko’p. Qurilma qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda suv taqchilligini oldini oladi. Mutaxasislarning hisob kitobiga ko’ra bu texnologiya asosida sug’orish an'anaviy usullarga ko’ra ikki marta suvni tejaydi.

Qizg’in ish jarayonining ustidan chiqdik. Bu yerlar Qo’shtepaning cho’l hududi hisoblanadi. Yasatinib yotgan qum barxanlari orasida ish qizg’in suratda davom etmoqda. 

Ishchilar obodonlashtirish ishlarida ham faol qatnashmoqdalar. Ariq va zovurlar tozalanib, daraxtlarni oqlash va butash ishlari hashar yo’li bilan olib borilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.