Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-11-14 18:32:19    128

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 1-umumta'lim maktabida “Yangi O’zbekiston yangicha dunyo qarash” shiori ostida o’tkazilgan targ’ibot tadbirida ishtirok etdi. Tuman rahbari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat hamda yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan keng jamoatchilikka ma'ruza qildi.

Shuningdek, tuman hokimi 1-sektor shtabida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga olish yuzasidan sektor hududida olib borilayotgan xatlov jarayonlari bilan ham tanishdi. Xatlov jarayonini belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan sanoat korxonalari va Solijonobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida yangi ishga tushirilgan quyonchilik korporatsiyasi faoliyatlari bilan tanishgan tuman hokimi, tadbirkorlarga faoliyatlarini kengaytirish, bo’sh turgan joylardan samarali foydalanish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tuman hokimi Do’rmon mahalla  fuqarolar yig’ini hududida joylashgan “Kelachi buvo” qabiristonida amalga oshirilayotgan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli yakunlash hamda hudud obodonligini ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.   

Shuningdek, tuman “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.