Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MEHR-SAXOVAT” KO’KRAK NISHONI O’Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

×

 2020-11-04 17:10:39    156

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 26 may kuni “Mehr-saxovat» ko’krak nishonini ta'sis etish to’g’risida”gi Farmoni asosida  «Mehr-saxovat» ko’krak nishoni ta'sis etilganligidan habaringiz bor.

Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko’rsatgan, milliy qadriyat va an'analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va olijanoblik fazilatlarini ulug’lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ularga beminnat ko’mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko’tarishga katta hissa qo’shgan bir guruh qo’shtepaliklar bugun “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, ezgu ishlari bilan ko’pchilikka alohida o’rnak bo’lib kelayotgan tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi xodimlari, mahalla raislari va o’rinbosarlari ushbu mukofotga loyiq ko’rildi. Tuman hokimligining majlislar zalida o’tkazilgan taqdirlash marosimida, ushbu ko’krak nishonlari o’z egalariga topshirildi.

Farg’ona viloyati mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari D.Ergasheva tadbirda ishtirok etib, mukofotlarni o’z egalariga topshirar ekan, ushbu mukofot tumanimiz faollarining bugungi sinovli davrda xalqimiz farovonligi yo’lida qilgan munosib xizmatlarining e'tirofi ekanligini ta'kidladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.