Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOL DOIM E'TIBOR-E'ZOZDA

×

 2020-09-13 00:55:52    140

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, daromad topishlariga ko’maklashish, yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga tibbiy va moddiy yordamlar ko’rsatilib, ishga joylashtirish borasida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Ko’plab oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Ayniqsa, kam ta'minlangan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga, ularning bandligini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ana shunday ezgu ishlarning davomi sifatida, 1-sektor hududidagi ayollarning muammolari o’rganilib, ularni bartaraf etish maqsadida tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.V.Novikovning tashabbusi bilan sektor shtabi "Temir daftari"ga kiritilgan 8 nafar ayollar xonadoniga imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Bu xayrli ishlarni amalga oshirishdan maqsad, sektor shtabi "Temir daftari"ga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka yo’naltirish orqali ularni kambag’allikdan chiqarish va bandligini ta'minlashdir.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati