Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUMUSH TOLA IJODKORLARI

×

 2020-05-14 13:44:58    135

PDF yuklash
Chop etish


Pilla - 2020

Qo’shtepa tumanida birinchilardan bo’lib Xo’jaqishloq maҳallasidagi pillakorlar “kumush tolaxomashyosini terishni boshladi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin qoidalariga tumanda to’laligicha amal qilingan ҳolda mo’l pilla ҳosili yetishtirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tumandagi ilg’or pillakorlar ҳosil yig’ishni allaqachon boshlab yubordi. Jumladan, “Xo’jaqishloq” maҳalla fuqarolar yig’inida yashovchi Latifaxon Yuldasheva oila a'zolari bilan birga berilgan ikki quti ipak qurti parvarishini obi-tobida va shubҳasiz, karantin talab va qoidalariga to’la amal qilgan ҳolda parvarishlab, davlatga 200 kilogaramm pilla topshirdilar.

Yana bir ilg’or pillakorlardan biri Gulchexraxon Xakimovalar oilasi ҳam “kumush tola”larni terib oldilar. Pillakorlar 30 gramm ipak qurti parvarishlab, 150 kilogramm pilla xomashyosini davlatga topshirdilar.

Qo’shtepalik pillakorlar joriy mavsumda tuman bo’yicha 102 tonnadan ziyod qimmatbaҳo xomashyo yetishtirish maqsadida astoydil meҳnat qilmoqdalar. Tuman pilla xirmoniga yilning ilk ҳosilining dastlabki namunalari kela boshladi. Umid qilamizki, “kumush tola” ijodkorlari o’z oldilariga qo’ygan rejalarini ortig’i bilan uddalaydilar.

Xirmoningizga baraka, qadri va qaddi baland Qo’shtepalik pillakorlar!

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati