Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT, MEHR-MURUVVAT INSONNI ULUG‘LAYDI

×

 2020-03-09 11:14:44    190

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimizga xos milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan mehr-muruvvat va saxovatpeshalik fazilatlari 8 mart go‘zallik va nafosat ayyomi arafasida ham o‘ziga xos va mos ravishda davom etdi. Bayram arafasida nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, yakka yolg‘izlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarimizning xonadonlariga tumanimizdagi muruvvatli insonlar tashrif buyurishib, ularning holidan xabar olishdi.

Bayram arafasida Qayrag‘och MFY tomonidan mahalladagi bir guruh ayollarga ehtirom ko‘rsatildi. MFY raisi, tuman kengashi deputati B. Madraximov o‘z hududidagi imkoniyati cheklangan ayollarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldi.

Tumanimizdagi “Dehqon bozori” MCHJ rahbari D. Yusupova ham jamoada mehnat qilayotgan va hurmat e'tiborga sazovor bo‘lgan bir guruh opa-singillarimizni bayram bilan muborkbod etib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Garimdon MFY raisi N. Mo‘ydinov va tuman kengashi deputati T. Xasanovlar ham hududagi nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, yakka yolg‘izlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarimizni bayram bilan tabriklash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman Kengashi tomonidan G‘ishtmon MFY hududida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga bayram sovg‘alari ulashildi.

Darhaqiqat, hayotning har bir daqiqasini ezgu ishlarga bag‘ishlash, xayrli yumushlarni bajarish, farzandlarning baxtini ko‘rish, tinch, osoyishta, dorilamon kunlarda yashash haqiqiy baxtdir.

Xotima o‘rnida aytish joizki, tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, keksalarga hurmat ko‘rsatish, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj kishilarga g‘amxo‘rlik qilish har birimizning burchimiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati