Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hududlardagi muammolarning yechimi taʼminlanmoqda

×

 2019-12-07 14:53:07    112

PDF yuklash
Chop etish


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarning eʼtirozlari va murojaatlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida barcha darajadagi hokimlar va sektorlar rahbarlari tomonidan hududlardagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bunda asosan, hududlardagi muammolarning yechimini taʼminlash, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishiga erishish, muddat va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Kuni kecha tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari Qiyqi hamda Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolari bilan uchrashdilar.


Uchrashuvda tuman hokimi yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarganligimiz uchun tumanimizga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilganligi va ushbu mablag‘ni qaysi sohalar kesimida taqsimlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda fuqarolarimizning faol ishtirok etishlari va o‘zlari munosib ko‘rgan nomzodlariga ovoz berishlari taʼkidlab o‘tildi.


Shuningdek, uchrashuvda mahalla faollari tomonidan hududdagi yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qildilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot vakillari muammoning yechimi va aniq muddatini aytib o‘tdilar.


Uchrashuvlar davom etmoqda