Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN YUQUMLI KASALLIKLAR SHIFOXONASI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAXTMI?

×

 2020-10-03 16:23:12    266

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugungi kunda “SOVID-19” kasalligiga gumon qilinayotgan va ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlar davolanmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari birgalikda mazkur shifoxonada bo’lib, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga qay darajada tayyor ekanligi bilan yaqindan tanishdilar.

Bugungi kunda shifoxonada elektr energiyasi tarmoqlari, suv va kanalizatsiya tizimlari kuz-qish mavsumiga taxt xolatga keltirilgan. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shifoxonaning 150 metr kirish qismiga asfalt yotqizildi.

Bemorlarga mo’ljallangan qo’shimcha o’rin-joylar yaratilib,  ularning davolanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, sun'iy nafas olish uskunalari 60 donadan 100 taga yetkazilib, qo’shimcha  30 ta kislorod balonlari olib kelindi.

Shuningdek, tuman hokimi koronavirus kasalligini davolash uchun bemorlarga yaratilgan zahira joylarni ham borib ko’rdi. Bundan tashqari tuman xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1-2 ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarining sport zallari xona-xonalarga bo’linib, jami 300 ta o’rin-joy xozirlangan. Har bir xonaga karavot, sanitariya ehtiyoj xonasi, tibbiy jihozlar o’rnatilgan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati