Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farg’ona viloyati hokimi klaster usulida paxta yetishtirishga ko’maklashgan tadbirkorning onasiga “Malibu” sovg’a qildi

×

 2019-10-10 12:14:50    256

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Sh. G’aniyev Qo’shtepa tumanidagi “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ rahbari Mo’minjon Razzoqovning onasi Hovaxon Madaminovaga vatanimiz ravnaqi, xalq farovonligi yo’lida fidoyilik ko’rsatgan farzand tarbiyalagani uchun tashakkurnoma bildirdi va “Malibu” avtomashinasini sovg’a qildi.

Qo’shtepa tumani paxta tayyorlash yillik rejasini mamlakatda birinchilardan bajarganligi haqida avval xabar bergan edik.

Tuman dehqonlari bugungacha rejadagi 19900 tonna o’rniga 21700 tonnadan ziyod paxta xirmonini uyushga erishdilar. Bunda “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ, shaxsan uning rahbari Mo’minjon Razzoqovning hissasi katta. Klaster usulida paxta yetishtirgan qo’shtepalik dehqonni “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ erta bahordan zarur texnik vositalar, yetarli miqdorda kimyoviy va mineral o’g’it, biologik ishlov berish vositalari bilan o’z vaqtida ta'minlab turdi.

Agar ilgari fermer xo’jaliklari ish yuritishda bank kreditiga bog’liq bo’lgan bo’lsa endi bu vazifani klaster tashkilotchisi o’z zimmasiga oldi. Ayniqsa, yetishtirgan paxtani yig’ib terib olish chog’ida yuksak tashkilotchilik ko’rsatdi. Kunlik ish ҳaqi to’lash tizimi tashkil etildi. Natijada garchi Qo’shtepa tumani bugungacha rejani 110 foizga bajargan bo'lsada, daladagi hosilni to’liq yig’ib olgach, yana kamida 10 foizlik o’sishga erishishi kutilyapti.

Farg’ona viloyati hokimligi axborot xizmati