Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimining tuman hududidagi "4N859-Qumtepa-Boltako‘l-Mexnatobod avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini tartibga solish to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.

×

 2019-10-03 10:05:21    308

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil «30» sentyabr                № 4748                          Langar qishlog‘i

Tuman hududidagi 4N859-Qumtepa-Boltako‘l-Mexnatobod avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini tartibga solish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining 10.04.2013 yildagi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-348-sonli yangi tahrirdagi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining 02.10.2007 yildagi “Avtomobil yo‘llar to‘g‘risida”gi O‘RQ-117-sonli Qonuning 7-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 169-sonli qaroriga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 6, 25-moddalariga asosan

QAROR QILAMAN:

1. Qo‘shtepa tuman Ichki ishlar bo‘limining 2019 yil 14 avgust kungi 40/2751-sonli xati ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i (S.Abdullayev) va tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (Sh.Umurzaqov)ga:

4N859-Qumtepa-Boltako‘l-Mexnatobod avtomobil yo‘lining 1 km. dan11 km. gacha bo‘lgan masofada Qamishtepa mahalla fuqarolar yig‘inidan Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inigacha bo‘lgan hududga belgilangan tartibda transport vositasini o‘qiga tushadigan og‘irlik cheklovchi 3.12 yo‘l belgisini o‘rnatish va ushbu yo‘nalishda harakat xavfsizligini ta'minlashni nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.

3. Mazkur qaror “Istiqbol yo‘li” gazetasida rasmiy e'lon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.

4. Qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari B.Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.


 Tuman hokimi                          I.Novikov.