Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi tuman filiali, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida “Maxbubaxon oilaviy quvonchi” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga biznes sayoxat uyushtirildi
2019-09-27 17:11:26 331
Joriy yilning 27 - sentyabr kuni Qo‘shtepa tumani hokimligi, «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi tuman filiali, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida “Bandlik, tadbirkorlik va volontyorlik xaftaligi” doirasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, ularning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oya va loyihalarini qo‘llab - quvvatlash, ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini olib faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “Maxbubaxon oilaviy quvonchi” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga biznes sayoxat uyushtirildi. Biznes sayoxatda tumanimiz xududidagi 5 nafar ishsiz yoshlar hamda tadbirkorlikka qiziquvchi 20 nafar yoshlarimiz ishtirok etishdi.
Sayoxat davomida “Maxbubaxon oilaviy quvonchi” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ish faoliyati, xozirgi kunda yoshlarimizga xususan yosh avlodlarimizga bo‘layotgan e'tibor, tadbirkorlik qilish uchun mavjud imkoniyatlar, maktabgacha ta'lim soxasida bo‘layotgan yangiliklar, jajji bolajaonlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, yangi bitkazilib, zamonaviy tarzda jihozlanyotgan ushbu muassasa ish faoliyati bilan tanishib chiqdilar. Xuddi shu kunning o‘zidayoq 3 nafar yosh qizlarimiz ushbu muassasaga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylandilar.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bosh mutaxassisi
Raxmonberdiyev Shoxrux O‘ktamali o‘g‘li