Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepada qarzdor fuqaro ijroni to‘xtatish uchun bank boshqaruvchisi imzosini va bank muhrini soxtalashtirdi
2019-09-24 14:57:58 307
Qo‘shtepada qarzdor fuqaro ijroni to‘xtatish uchun bank boshqaruvchisi imzosini va bank muhrini soxtalashtirdi.
Qo‘shtepada qarzdor fuqaro ijro hujjatini qalbakilashtirib, ijroni to‘xtatish uchun bank boshqaruvchisi imzosini va bank muhrini soxtalashtirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xabar berilishicha, MIB xodimlari Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining qaroriga asosan X.Shokirov, Z.Domilayev, T.Azimovlardan «Asaka banki» Marg‘ilon filiali foydasiga 103 747 000 so‘m undirishi kerak bo‘lgan. Undiruv hujjatlariga ko‘ra, Qo‘shtepa tumani, Qumariq ko‘chasi, 60-uy garovga qo‘yilib, «E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.
Lekin, X.Shokirov tuman MIB bo‘limiga ijro hujjatini ijrosiz qaytarish aloqa xatini taqdim etadi. Hujjatda «Asaka banki» Marg‘ilon filiali boshqaruvchisi A.Xashimov tomonidan imzolagan va bank muhri bo‘ladi.
Ma'lum bo‘lishicha, qarzdor X.Shokirov, ijro va elektron savdoni to‘xtatish maqsadida soxta hujjat tayyorlab, «Asaka banki» Marg‘ilon filiali boshqaruvchisi nomidan imzo va muhrlarni qalbakilashtirgan.
X.Shokirovga Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Qo‘shtepa tuman bo‘limi boshlig‘i H.X.Sulaymonov