Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo'shtepa tumani hokimining 2019 yil 10 sentyabr № 4667 sonli qarori
2019-09-23 19:22:27 260
2019 yil 10 sentyabr № 4667
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish to‘g‘risida
Qo‘shtepa tuman xalq taʼlimi bo‘limining 2019 yil 25 iyuldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 10/421-sonli murojaatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi va Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi Qonunining 6,25-moddalariga muvofiq
QАROR QILАMАN
1. Tuman xalq taʼlimi bo‘limining 2019 yil 25 iyuldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 10/421-sonli murojaati maqullansin.
2. Tuman xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Istiqbol yo‘li” gazetasi tahririyati (U.Xudoyberganova), Qo‘shtepa tuman hokimligining Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytini yuritish, maʼlumotlarni va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va qabul qilingan qarorlarni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga doimiy joylashtirib borish (O.Esonaliyev) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi o‘rinbosari А.Yusupov hamda tuman xalq taʼlimi bo‘limi O.Dexqonovlar zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi: I.Novikov