Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

www ”kun.uz” sayti muxbiri Elmurod Ermatovning “Rishton hasharidagi qurbon. Qo‘shtepa hokimi nimani yashiryapti?” maqolasiga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hokimligining raddiyasi

 2019-08-10 20:11:01    212

PDF yuklash
Chop etish


www ”kun.uz” sayti muxbiri Elmurod Ermatovning “Rishton hasharidagi qurbon. Qo‘shtepa hokimi nimani yashiryapti?” maqolasiga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hokimligining

RADDIYASI

2019 yil 28 iyul kuni tunda Qo‘shtepa tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tuvchi Qumtepa-Chimkent yo‘nalishida tuman Tibbiyot birlashmasi ro‘parasida Qo‘shtepa tumani Fayz mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Raxmonov Olimjon boshqaruvidagi “VAZ-2106” jiguli rusumidagi shaxsiy avtomashinasida qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanib kelayotgan Qo‘shtepa tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Odilov Rayimjon boshqaruvidagi “Lasetti” rusumidagi avtomashina bilan sodir etilgan avtoxalokat oqibatida jiguli yo‘lovchisi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi, Qo‘shtepa tumani Yaniariq mahalla fuqarolar yig‘ini Navnihol ko‘chasida yashagan Axmadjonov Ulug‘bek ochiq miya shikasti tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar SHTTYOMga olib kelingan bo‘lib, jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, uning xayotini saqlab qolishni imkoni bo‘lmagan.

www ”kun.uz” sayti muxbiri Elmurod Ermatov tuman hokimi I.Novikovga telefon orqali 2019 yil 29 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yo‘l transport xodisasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi U.Axmadjonov hasharga borgan vaqtida olamdan o‘tganmi, hasharga borganmi yoki bormaganmi deb bergan savoliga, tuman hokimi hozirda g‘o‘za maydonlarida sug‘orish ishlarini bajarilishini nazorat qilib yurganligini va mazkur holatni aniqlashtirib axborot berishlarini bildirgan. 

Hususan, ushbu hodisa hashar davrida Rishton tumanida emas balki 2019 yil 28 iyul kuni tunda Qo‘shtepa tumani Soxibkor MFY hududidagi Qumtepa-Chimkent yo‘nalishida tuman Tibbiyot birlashmasi ro‘parasida shaxsiy VAZ-2106 avtomashinasida sodir bo‘lgan.

Shuningdek, tuman Obodonlashtirish ishchi xodimlari hasharga tuman IIB YXXB tomonidan xavfsizligini ta’minlagan holda kuzatuvi ostida tashkil etilgan avtobuslarda borib kelishmoqda.

Muxbir tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Ro‘ziboyev bilan bog‘lanib mazkur holatlar yuzasidan ma’lumot olishi o‘rniga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qo‘shtepa tumani hokimiga murojaat qilgan.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan berilgan ma’lumotnomada tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi U.Axmadjonov voqea sodir bo‘lgan vaqtda hasharda bo‘lmaganligi, aksincha yo‘l transport xodisasi sodir bo‘lishidan avval shaxsiy yumushlari bilan shug‘ullanishayotganliklari ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Rishton hasharidagi qurbon. Qo‘shtepa hokimi nimani yashiryapti?” maqolasiga raddiya bildiramiz! 

Tuman hokimligi 

axborot xizmati xodimi  O.Esonaliyev