Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sayyor qabul – fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li
2019-06-28 19:16:51 236
Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari, 2019-yil 28-iyun kuni “Qiyqi mahalla fuqarolar” yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Qabulda jami 12 nafar fuqarolar qatnashib, ular tomonidan 14 ta murojaatlar bildirilib ular:
Ichimlik suvi, elektr ta’minotini yaxshilash, issiqxona qilish uchun kredit olish, tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, suyultirilgan gaz baloni olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida tuman hokimi I.Novikovga fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy hal bo’layotganligi hamda joylarda sayyor qabullar tashkillab, o‘tkazayotganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar
Qabuldagi murojaatlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov o‘rinbosarlariga va tashkilot rahbarlariga tegishli chora tadbirlarni belgilab, murojaatlarni qonuniy xal qilish choralarini ko‘rishliklari uchun muddatli topshiriqlarni berdi.