Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tuman bo‘limi bilan birgalikda “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida o‘tkazilgan seminar
2019-06-28 18:04:09 302
2019 yil 20 iyun kuni “Yoshlar markazi” binosida tajribali tadbirkorlardan maxorat darslari va tajriba almashinishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tumanimizdagi namunali va yirik tadbirkorlar ishtirokida yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tuman bo‘limi bilan xamkorlikda “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida 30 nafardan ziyod yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Bugungi kunda tadbirkorlarimiz ayniqsa yosh tadbirkorlar uchun Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar kreditlar, tadbirkorlarni turli xil tekshiruv va nazoratlardan ozod qilishini, ishlab chiqargan maxsulotlarini erkin eksport va import qilishiga keng yo‘l ochib berganligini o‘zi tadbirkorliklik va ishbilarmonlik muxitini yaxshilashga berilgan sharoitlardan biridir. Xozirgi kunda tadbirkorlikning aynan qaysi yo'nalishi bo‘yicha faoliyat olib borish qulayligi, maxsulotlarning xaridorligi, bozor munosabatlari, raqobatdoshligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
Tadbirkor quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: faoliyat sohasini professional bilish; ma’lum miqdorda marketing faoliyati, boshqaruv bilimlari ishlab chiqarish tajribasi; jalb qilinadigan resurs va pul mablag‘lari, bozordagi o‘rni va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish; iqtisodiy fikrlash, ishlash madaniyati, amaliy tajriba, ishlab chiqarish tashkil etish, maqsadga erishish va foyda olish uchun o‘z tavakkalchiligiga ishonib xarakat qilish; bozor imkoniyatlarini tahlil qilish va foydalanish:
Har bir tadbirkor o‘z ishini boshlashdan avval oldiga qo'yilgan maqsadlardan biri bu daromad olishdir. Daromad –biznesni rivojlantirishning asosiy manbayi xisoblanadi.
Seminar davomida ishtirokchilar bilan tadbirkorlik, biznesga oid mavzularda savol-javoblar o‘tkazildi.
«Yoshlar – kelajagimiz» jamg'armasi
Qo'shtepa tuman filiali rahbari D.Mallaxanov