Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Tadbirkorlar va yoshlar” mavzusida “UNIFORM” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga tashkil etilgan “Biznes sayohat”

×

 2019-06-28 17:49:31    176

PDF yuklash
Chop etish


“Yoshlar oyligi” hamda “Yosh tadbirkorlar” kunini keng nishonlash maqsadida tuzilgan reja jadval asosida “Tadbirkorlar va yoshlar” mavzusida yirik korxona va texnoparklarga biznes sayohatlarni tashkil etish belgilangan.  Ushbu belgilangan reja jadvalga asosan  "Yoshlar-kelajagimiz" jamg‘armasi Qo‘shtepa tumani filiali tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarni xududdagi yirik tadbirkorlik loyixalari bilan tanishtirish maqsadida "Tadibrkorlar va yoshlar" mavzusida "UNIFORM" MCHJ ga biznes sayoxat tashkil etildi. Ushbu biznes sayoxatda 22 nafar talabalar hamda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar ishtirok etdilar.


Ushbu sayohat davomida UNIFORM”  ma’suliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi talabalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotni to‘liq xolatga keltirish uchun sarflanayotgan mehnat, tikuvchilik faoliyati, tikish va bichish jarayonlari bilan tanishtirildilar.


Biznes sayoxatga tashrif buyurgan yoshlar ish jarayonlarini ko‘rib, o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish, biznes rejalarini shakllantirish yuzasidan tadbirkorlar va jamg‘arma mutaxassislari bilan suxbatlashishdi.


  «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi

  Qo‘shtepa tuman filiali rahbari D.Mallaxanov