Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Shukur Davlat” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrifi

×

 2019-06-28 17:38:27    285

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarni shaxsiy tomorqadan foydalanish, dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish maqsadidada «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda 15 nafar dehqon fermer xo‘jaliklari faoliyatiga va tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni 2019 yilning 17 iyun kuni Qo‘shtepa tumani Fayz mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Shukur Davlat” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrifi tashkil etildi.

   

   Tashrif davomida yoshlarga ushbu fermer xo‘jaligidagi ish jarayonlari, naslli qoramollarni boqish, ularga ozuqalarini, em xashaklarini etkazib berish, kasalliklardan himoyalash, aholining ehtiyoji uchun sifatli go‘sht etkazib berish, sutni qayta ishlash jarayonlari bilan bevosita tanishtirib, bu jarayonlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

       Bundan tashqari xozirgi kunda tadbirkorlikning aynan qaysi yo‘nalishi buyicha faoliyat olib borish qulayligi, mahsulotlarning xaridorgirligi, bozor munosabatlari, raqobatdoshligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirib o‘tildi.


       Bugungi kunda tadbirkorlarimiz ayniqsa yosh tadbirkorlar uchun Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, tadbirkorlarni turli xil tekshiruvlar va nazoratlardan ozod qilinishini, ishlab chiqargan mahsulotlarini erkin eksport va import qilishlariga keng yo‘l ochib berilganligi, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab quvvatlashning o‘zi tadbirkorlik muhitini yaxshilashga berilgan sharoitlardan biridir.


      Tashrif davomida “SHukur Davlat” fermer xo‘jaligi raxbaridan tashrifda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi

Qo‘shtepa tuman filiali rahbari  D.Mallaxanov