Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tumanda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” hamda “Savdo yarmarkasi” tashkil etildi.
2019-06-22 19:26:52 298
Qo‘shtepa tumanida aholini ayniqsa, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” hamda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali tashabbusi bilan joriy yilning 19 iyun kuni 15-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDA “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit olgan va faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar hamda tumandagi boshqa tadbirkorlar ishtirokida ishlab chiqilgan maxsulotlar “Savdo yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada shaxsan tuman hokimi I.Novikov boshchiligida barcha hokim o‘rinbosarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman kengashi, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali, “Hunarmand” uyushmasi, 4 ta sektor rahbarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari qatnashdilar.
“Savdo yarmarkasi” hamda “Mehnat yarmarkasi” ga 200 nafar tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi yoshlarimiz hamda fuqarolar jalb qilindi. Ulardan ishlash istagida bo‘lgan 22 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 13.10.1999 yilda 831-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom talablari asosida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, shu kunning o‘zida doimiy hamda mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar berilib, ish bilan ta’minlandilar.
Tadbir qatnashchilariga mehnat qonunchiligi, yangi tashkil etilgan va etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risida hamda tijorat bank rahbar mutaxassislari tomonidan, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali rahbari va mutaxassislari tomonidan imtiyozli kreditlar miqdorlari, kredit xujjatlari, kredit berish tartiblari va boshqa masalalarda tushuntirishlar berildi.
Ushbu “Savdo yarmarkasida” “Yoshlar -kelajagimiz” Davlat dasturiga asosan imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarimiz o‘zlarining ishlab chiqayotgan mahsulotlari hamda xizmat turlari bo‘yicha reklama bannerlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etganlar bugungi kunda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qaratilayotgan e’tiborni yaqqol namunalariga guvoh bo‘lishdi. Savdo yarmarkasida tumandagi uyushmagan yoshlar, aholini barcha qatlam vakillari, ish beruvchi korxonalar va bir qancha mutasaddi tashkilotlar ishtiroklari ta’minlandi.
B.Ro'zioxunov olgan fotosuratlar