Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman hokimi Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
2019-06-19 09:04:53 204
2019 yil 18 iyun kuni tuman hokimi I.Novikov tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullaev, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Qabulda jami 20 nafar fuqarolar qatnashib, ular tomonidan 23 ta murojaatlar bildirilib ular:
Pillachilikni rivojlantirish uchun er ajratish, qo‘ychilikni rivojlantirish uchun kredit olish, elektr TП larni almashtirish va elektr sim yog‘ochlarni o‘rnatish, ishga joylashtirish, bog‘dorchilik qilish uchun er ajratish, uy-joyini nomiga o‘tkazish, suyultirilgan gaz balon olish, 2 yoshli nafaqa puli tayinlash, namunaviy, imtiyozli uy-joylardan olish, MTM ochish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
Qabuldagi murojaatlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov o‘rinbosarlariga va tashkilot rahbarlariga tegishli chora tadbirlarni belgilab, murojaatlarni qonuniy xal qilish choralarini ko‘rishliklari uchun muddatli topshiriqlarni berdi.