Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Habaringiz bormi?
2019-05-20 17:13:13 209
Habaringiz bormi?
Hurmatli iste'molchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi 897-sonli qaroriga asosan elektr energiyasi uchun to‘lovlarga iste'molchilar toifasiga qarab o‘zgartirishlar kiritilgan va 2019 yil 1 iyun kunidan boshlab quyidagi narxlar amalda bo‘ladi:
- Maishiy iste'molchilarga 280 so‘mdan (oldingi narx 250 so‘m) va yuridik iste'molchilarga 370 so‘mdan (oldingi narx 331 so‘m). Shu sababli, Sizlardan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va maishiy chiqindilar uchun to‘lov va hisob-kitobni joriy yilning may oyi davomida amalga oshirishingiz so‘raladi. Shunda o‘z mablag‘ingizni tejab qolgan bo‘lasiz.
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi