Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo'shtepa tumanida mustaqillikning 27 yilligi bayrami ko'tarinki ruhda nishonlandi
2018-08-29 17:19:36 253
Buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o’tishi bilan tobora ortib bormoqda. O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo’lib kelmoqda. Unga ko’ra O’zbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligi tantanalari «Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!» shiori ostida o’tkazilishi ma’lum qilindi. Mazkur shior ostida xalqimizning asriy orzusi bo’lgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan O’zbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligi Qo’shtepa tumanida 27 avgust kuni tantanali ravishda nishonlandi. Shodiyona tadbirini tuman hokimi I.Novikov ochib, bayram qatnashchilarini mustaqillikni 27-yilligi bilan tabrikladi. Shundan so’ng tuman madaniyat bo’limi hamda “O’zbek navo” estrada yulduzlarinig chiqishlari bilan davom etdi. Mahalla faollari tomonidan tashkillangan dasturxon hamda tadbirkorlar tomonidan tashkillangan ko’ngilochar o’yinlar bayram tadbiriga o’zgacha shukuh olib kirdi. Bayram tadbirlari hududlarda davom etmoqda.