Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi amalda

×

 2018-07-23 17:29:57    154

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 27 iyundan «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi tasdiqlandi. U Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan.

Dastur Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani va Toshkentning Chilonzor tumanida boshlangan bo‘lib, 1 iyuldan mamlakatning barcha tuman va shaharlarida joriy etila boshlanadi.

Dasturdan o‘rin olgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Uning mablag‘lari yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish, Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar bo‘yicha kredit hajmining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafilliklar berishga sarflanadi.

Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg‘arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish, tegishli ko‘nikmalarga ega band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‘maklashish hamda yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularga biznes yuritish ko‘nikmalarini singdirishga yo‘naltiriladi.

Davlat-xususiy sheriklik shartlarida yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlarini qurish ko‘zda tutilgan.

Savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarda «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini qurish belgilandi.

Tumanda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari boshchiligida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyalari tuzildi. Tuman sektorlar binolarida shtablar tuzildi hamda ularga bosh shtab etib yoshlar ittifoqi tuman Kengashi binosi tanlandi.