Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo`shtepa tumaniga yangi rahbar tayinlandi
2018-06-23 15:37:42 189
Bugun Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashining navbatdan tashqari 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig`inlari raislari, mehnat faxriylari, tuman faollari ishtirok etishdi.
Sessiyada shuningdek , viloyat hokimi Shuhrat G`aniyev qatnashdi. Kun tartibida asosiy masala bo`yicha 2009 yildan beri tumanga rahbarlik qilib kelayotgan Jumanov Baxromjon Azimovich o‘z arizasiga ko‘ra lavozmidan ozod etilib, uning o‘rniga ayni paytgacha viloyat hokimining iqtisodiyot tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Novikov Ilyos Valeriyevich tayinlanganiligi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
B. Jumanovning uzoq yillik faoliyati to`g`risida viloyat hokimi, deputatlar, hamda tuman faollari ijobiy fikrlar bildirib o`tishdi. Shu bilan birga yo`l qo`yilgan kamchiliklar ham tilga olinib, bu boradagi ishlarni to`g`ri yo`lga qo`yish bo`yicha yangi tayinlangan rahbar oldidagi muhim vazifalarga alohida to`xtalib o`tildi.
Eslatib o`tamiz, bundan uch kun avval tuman deputatlar kengashining 50- sessiyasi viloyat hokimligida o`tkazilgan edi.