Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Shahartepa” mahallasida quyosh panellari o‘rnatilmoqda
2025-02-03 11:15:25 295
Shu kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi “Shahartepa” mahallasida aholi turar joylari, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Amaliy ishlar bilan bir qatorda aholi turar joylarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari ham olib borilmoqda.
Xususan, bugun davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan keng foydalanishni maqsad qilgan “Shahartepa” mahallasida yashovchi Nodirjon Mirzayevning xonadoniga 20 kv bo‘lgan quyosh paneli o‘rnatildi.
Bu bilan o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr tokini aholiga sotish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.